Asl asarni aniqlash
Asar nomi, bastakor yoki xalq kuyi ekanligi, janri va nomining boshqa yozilishlari bitta yozuvga biriktiriladi. Qidiruvda lotin va kirill shakllarini bog‘lash rejalashtirilgan.
Raqamli nota kutubxonasi
Dutordan doiragacha — milliy kuylar, ularning notalari va jo‘rlik yozuvlarini jamlaydigan o‘zbekcha mobil ilova loyihasi.

Ikki torli chertma cholg‘u
Mobil ilova tayyorlanmoqda
Rejalashtirilgan sana yetib keldi. Ilovaning chiqishi haqidagi rasmiy e’lon shu saytda beriladi.
Uzoq muddatli maqsad
1 000 000O‘quv etyudidan orkestr partiturasigacha — musiqachi cholg‘usi va tayyorgarligiga mos notani o‘zbek tilida topa oladigan fond yaratmoqchimiz.
Loyiha haqida
Ustoz asar beradi. O‘quvchiga yakka partiya, konsertmeysterga esa aynan shu talqindagi klavir kerak. Uyda mashq qilish uchun jo‘rlik yozuvi ham kerak bo‘ladi. Kuynoma shu materiallarni bitta asar sahifasida uchrashtirish uchun yaratilmoqda.
“Kuynoma” loyihada “kuylar kitobi” ma’nosini anglatadi. Nomi, menyulari va repertuar tavsiflari orqali o‘zbek tilining musiqa ta’limi va raqamli xizmatlardagi o‘rnini kengaytirishni istaymiz.
Fond qanday shakllanadi?
Asar nomi, bastakor yoki xalq kuyi ekanligi, janri va nomining boshqa yozilishlari bitta yozuvga biriktiriladi. Qidiruvda lotin va kirill shakllarini bog‘lash rejalashtirilgan.
Bir kuyning dutor uchun, fortepiano jo‘rligidagi saksafon uchun yoki ansambl uchun talqinlari alohida ko‘rsatiladi. Har birida tarkib, daraja va aranjirovkachi qayd etiladi.
Muharrir sahifalar to‘liqligini, klavir va yakka partiyaning mosligini, manba hamda foydalanish asosini tekshiradi. Tasdiqlangan material katalogga kiritiladi.
Rejalashtirilgan hisob birligi — katalogda mustaqil tavsifi bilan nashr qilingan nota materiali. Masalan, bitta ijro variantining yakka partiyasi va klaviri ikkita material bo‘ladi. Takror yuklangan fayl va eski faylning yangilangan nusxasi sonni oshirmaydi. Audio va videolar qo‘shimcha resurs sifatida yuritiladi. Bir million — kelajak uchun belgilangan maqsad.
Mobil ilova
Kuynoma iOS, iPadOS va Android uchun rejalashtirilgan. Ushbu sayt orqali loyihaning rivojlanishini kuzatib borishingiz mumkin.
Ustoz bir variantni tanlaydi. O‘quvchi o‘z partiyasini, konsertmeyster unga mos klavirni ochadi.
Shaxsiy PDFni telefondan qo‘shish, notaga belgi qo‘yish, namunaviy ijroni tinglash va jo‘rlik bilan mashq qilish ko‘zda tutilgan.
Oldindan saqlangan notalar konsert dasturi tartibida ochiladi. Mos Bluetooth pedal ijro paytida qo‘lni cholg‘udan uzmasdan sahifalash imkonini beradi.

Loyiha kundaligi
Loyihaning nomi, nota va varaqlanayotgan sahifani birlashtirgan “K” belgisi hamda ilk mobil ekranlar tayyorlandi. Mobil ekranlarda shaxsiy PDF kutubxonasi, jo‘rlik bilan mashq qilish va pedal orqali sahifalash ko‘rsatilgan. Navbatdagi vazifa — namunaviy asarlarda katalog tuzilmasini sinab ko‘rish.
Savol va javob
Mobil ilova hali chiqarilmagan. Yuklab olish imkoniyati ochilgach, rasmiy havolalar shu saytda e’lon qilinadi.
Shaxsiy nota qurilmada saqlanishi rejalashtirilgan. Umumiy katalogga chiqarish uchun muharrir tekshiruvi va nashr qilish bo‘yicha alohida qaror kerak bo‘ladi.
Shaxsiy PDF, metronom va pedal asosiy imkoniyatlar qatorida rejalashtirilgan. Tayyor repertuar va jo‘rlik to‘plamlari uchun pulli obuna ko‘zda tutilgan. Tariflar ishga tushirish oldidan e’lon qilinadi.